Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Az-Zukhruf — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Az-Zukhruf • Oyat 89 dan 19 • Oʻzbekcha


وَجَعَلُوا الْمَلَائِكَةَ الَّذِينَ هُمْ عِبَادُ الرَّحْمَٰنِ إِنَاثًا ۚ أَشَهِدُوا خَلْقَهُمْ ۚ سَتُكْتَبُ شَهَادَتُهُمْ وَيُسْأَلُونَ 19
Tarjima:
Ular Rohmanning bandalari bo`lmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh bo`ldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va so`roqqa tutilurlar! Az-Zukhruf 43:19
Tafsir:
Rahmonning bandalari boʻlgan farishtalarni qizlar, deb atadilar. Alloh ularni yaratayotganda guvoh boʻlib turganmidilarki, maloikalarning qizlar ekani ularga ayon boʻlsa?! Farishtalar ularning bu guvohliklarini yozib qoʻyadilar va Qiyomat kuni shu aytgan gaplariga javob beradilar. Keyin esa yolgʻon gapirganlari uchun azobga giriftor qilinadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Az-Zukhruf • Oyat 18 Keyingi Az-Zukhruf • Oyat 20