Fir'avn o`z qavmiga: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?! Ko`rmayapsizlarmi?! Az-Zukhruf 43:51 ⧉
Tafsir:
Firavn oʻz qavmiga nido qilib, saltanatiga kerilib dedi: "Ey qavmim, Misr mulki ham, qasrlarim ostidan oqib oʻtayotgan mana bu Nil daryosi ham meniki emasmi? Saltanatimni koʻrib, mening naqadar ulugʻ ekanimni bilib olmayapsizlarmi?"