Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Zuxruf — Oyat 57 (Oʻzbekcha) — Video

Zuxruf • Oyat 89 dan 57 • Oʻzbekcha


وَلَمَّا ضُرِبَ ابْنُ مَرْيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوْمُكَ مِنْهُ يَصِدُّونَ 57
Tarjima:
Ibn Maryam misol keltirilgan chog`da sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar. Zuxruf 43:57
Tafsir:
Mushriklar Alloh taoloning: "Sizlar ham, Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlaringiz ham jahannam oʻtinisizlar. Sizlar unga tushguvchidirsizlar", degan oyati mazmunida oʻzlari ibodat qilayotgan Iyso alayhissalom ham bor, deb oʻyladilar. Chunki Alloh boshqa butlarga ibodat qilishdan qaytarganidek, Iysoga ibodat qilishdan ham qaytargandi. Shuning uchun Alloh aytyaptiki, ey Paygʻambar, qavmingiz baqir-chaqir qilib: "Xudolarimiz Iyso maqomida boʻlishiga rozimiz", deydilar. Alloh bunga raddiya bildirib, mana bu oyatni nozil qildi: "Albatta, Biz tarafimizdan goʻzal (martaba) berilgan zotlar, ana oʻshalar (doʻzaxdan) uzoq qilinguvchilardir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Zuxruf • Oyat 56 Keyingi Zuxruf • Oyat 58