U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir. U zot o`ta hikmatli, o`ta ilmlidir. Zuxruf 43:84 ⧉
Tafsir:
Alloh samoda ham chin mabud, zaminda ham chin mabud. U har bir yaratishini, taqdirini va tadbirini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir. U bandalarining ahvolidan Xabardor Alim Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas.