Sen iymon keltirganlarga ayt. Allohning kunlaridan umidvor bo`lmaydiganlarni kechirsinlar. Toki, U zot bu qavmni kasb qilib yurgan narsalari uchun mukofotlasin. Josiya 45:14 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Allohga iymon keltirgan va paygʻambarini tasdiq etgan zotlarga aytingki, oʻzlariga yomonlik qilgan, Allohning nematlariga ham, qasoslariga ham parvo qilmaydigan kofirlarni kechirib yuboraversinlar. Chunki Alloh yaqinda sabr qilgan moʻminlarga ham, tajovuzkorlik qilgan kofirlarga ham shu dunyoda qilib oʻtgan qilmishlariga yarasha javob beradi, mukofotlaydi yoki jazolaydi.