Bu (Qur'on) odamlar uchun qalb ko`zlari, aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir. Josiya 45:20 ⧉
Tafsir:
Elchimizga nozil qilingan bu Quron odamlar uchun koʻngil koʻzlaridirki, u orqali haq bilan botilni ajratib oladilar. Uning haq ekaniga toʻla ishonch hosil qilgan qavm uchun esa haqqa yetaklovchi hidoyat va rahmatdir. Chunki aynan oʻshalar Parvardigorlarini rozi qilish uchun toʻgʻri yoʻldan boradilar. Keyin Alloh ularni doʻzaxdan asrab, jannatga kiritadi.