Vaqtiki: «Albatta, Allohning va'dasi haqdir va soat (qiyomat)da shubha yo`qdir», deyilsa, «Soat(qiyomat) nima ekanini bilmasmiz. Biz faqat gumon qilamiz, xolos. Biz aniq ishonguvchi emasmiz», dedingiz» (deyilur). Al-Jathiyah 45:32 ⧉
Tafsir:
Sizlarga: "Allohning bandalariga bergan ularni qayta tiriltirib, qilgan ishlariga yarasha jazo yoki mukofot berishi haqidagi vadasi haqdir. Qiyomatning yuz berishi haqdir. Unga tayyorgarlik koʻringlar", deyilsa, "Biz Qiyomat nimaligini bilmaymiz. U haqdagi gumonimiz juda zaif, uning yuz berish ehtimoli juda kam, deb bilamiz. Uning sodir boʻlishiga ishonchimiz toʻla emas", dedingizlar.