Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahqaf — Oyat 15 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahqaf • Oyat 35 dan 15 • Oʻzbekcha


وَوَصَّيْنَا الْإِنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ إِحْسَانًا ۖ حَمَلَتْهُ أُمُّهُ كُرْهًا وَوَضَعَتْهُ كُرْهًا ۖ وَحَمْلُهُ وَفِصَالُهُ ثَلَاثُونَ شَهْرًا ۚ حَتَّىٰ إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُ وَبَلَغَ أَرْبَعِينَ سَنَةً قَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِي أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ الَّتِي أَنْعَمْتَ عَلَيَّ وَعَلَىٰ وَالِدَيَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَالِحًا تَرْضَاهُ وَأَصْلِحْ لِي فِي ذُرِّيَّتِي ۖ إِنِّي تُبْتُ إِلَيْكَ وَإِنِّي مِنَ الْمُسْلِمِينَ 15
Tarjima:
Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo`ldi va uni qiynalib tug`di. Va uning homilasi va ko`krakdan ajratishi o`ttiz oydir. Toki, u kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: «Robbim, O`zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr qilishimga va Sen rozi bo`lgan solih(ish)ni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman», dedi. Al-Ahqaf 46:15
Tafsir:
Insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik, qattiq tayinladik. Ularga hayotlik chogʻlarida ham yaxshilik qilsinlar, vafotlaridan keyin ham yaxshilik qilsinlar. Ularga yaxshilik qilish shariatga zid boʻlmagan ishlar doirasida boʻladi. Xususan, onasiga yaxshilik qilsin. Onasi uni ne-ne mashaqqatlar bilan qornida koʻtarib yurdi va ne-ne mashaqqatlar bilan tugʻdi. Uning homilador boʻlishidan to goʻdakni sutdan chiqarguniga qadar boʻlgan muddat oʻttiz oydir. Endi u aqliy va jismoniy jihatdan voyaga yetib, qirq yoshga kirganida shunday dedi: "Parvardigorim, menga va ota-onamga inom etgan nematingga shukr aylashimga hamda Oʻzing rozi boʻladigan solih amal qilishimga ilhom ber! Amalimni qabul ayla! Men uchun zurriyotimni solihlardan qil! Gunohlarimdan Senga tavba qildim! Men Senga itoat etadigan, buyruqlaringga boʻysunadigan bandalaringdanman!"
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahqaf • Oyat 14 Keyingi Al-Ahqaf • Oyat 16