Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahqaf — Oyat 17 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahqaf • Oyat 35 dan 17 • Oʻzbekcha


وَالَّذِي قَالَ لِوَالِدَيْهِ أُفٍّ لَكُمَا أَتَعِدَانِنِي أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتِ الْقُرُونُ مِنْ قَبْلِي وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ اللَّهَ وَيْلَكَ آمِنْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَيَقُولُ مَا هَٰذَا إِلَّا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ 17
Tarjima:
Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning va'dasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar o`tgan-ku!» – degan kishiga, Allohdan madad so`ragan holda, ular: «Holingga voy bo`lgur, iymon keltir, albatta, Allohning va'dasi haqdir», dedilar. U bo`lsa: «Bu o`tganlarning afsonalari, xolos», der. Al-Ahqaf 46:17
Tafsir:
Yana bir farzand ota-onasiga dedi: "Suf sizlarga! Oʻlganimdan keyin qayta tirilib, qabrimdan chiqarilishimga vada beryapsizlarmi? Qanchadan-qancha avlodlar oʻtib ketgan-ku. Ulardan qaysi biri tirilib kelibdi?!" Ota-ona Allohdan farzandlari uchun iymon soʻrab dedilar: "Qayta tirilishga ishonmaydigan boʻlsang, shoʻring qursin. Iymon keltir. Allohning qayta tiriltirish haqidagi vadasi haqdir. Bu ishning yuz berishiga shak-shubha yoʻq". Farzand esa bu gaplarga parvo qilmasdan, boyagidek qayta tirilishni inkor qilib: "Bu gaplar oldingilarning afsonalaridan boshqa narsa emas. Ularning Alloh tarafidan ekani oʻz isbotini topmagan", deydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahqaf • Oyat 16 Keyingi Al-Ahqaf • Oyat 18