U(azob)ning vodiylari tomon ko`ndalang bo`lib yurganini ko`rishganda, bu ko`ndalang bo`luvchi bizga yomg`ir yog`dirur, deyishdi. Yo`q! Bu, o`zingiz orziqib so`ragan narsa, alamli azobi bor bo`rondir. Al-Ahqaf 46:24 ⧉
Tafsir:
Ularga oʻzlari shoshiltirgan azob kelganda uni vodiylari sari samodan yuzlanayotgan bir bulutdek koʻrdilar va: "Bu koʻndalang turgan narsa bizga yomgʻir yogʻdiradi", dedilar. Bunga javoban Hud dedi: "Yoʻq. U sizlar oʻylagandek yomgʻir yogʻdiradigan bulut emas, balki oʻzlaringiz shoshiltirgan oʻsha azobdir. U oʻz ichiga alamli azobni mujassam etgan boʻrondir".