Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahqof — Oyat 26 (Oʻzbekcha) — Video

Ahqof • Oyat 35 dan 26 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ مَكَّنَّاهُمْ فِيمَا إِنْ مَكَّنَّاكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًا وَأَبْصَارًا وَأَفْئِدَةً فَمَا أَغْنَىٰ عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَا أَبْصَارُهُمْ وَلَا أَفْئِدَتُهُمْ مِنْ شَيْءٍ إِذْ كَانُوا يَجْحَدُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَحَاقَ بِهِمْ مَا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُونَ 26
Tarjima:
Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, ko`z va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na ko`zlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni o`zlari masxara qilgan narsa (azob) o`rab oldi. Ahqof 46:26
Tafsir:
Biz Hud qavmiga sizlarga bermagan imkoniyatlarni bergandik. Ularga eshitadigan quloqlar, koʻradigan koʻzlar va aql yuritadigan qalblar ato etgandik. Ularga quloqlari ham, koʻzlari ham, aqllari ham biron narsada asqotmadi. Ularni Allohning azobidan qutqarib qola olmadi. Chunki ular Allohning oyatlarini inkor etib, Hud alayhissalom ogohlantirgan azob ustidan kulardilar, masxara qilardilar. Oqibatda xuddi ana shu azobga giriftor boʻldilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahqof • Oyat 25 Keyingi Ahqof • Oyat 27