Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahqof — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Ahqof • Oyat 35 dan 3 • Oʻzbekcha


مَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَأَجَلٍ مُسَمًّى ۚ وَالَّذِينَ كَفَرُوا عَمَّا أُنْذِرُوا مُعْرِضُونَ 3
Tarjima:
Osmonlaru yerni hamda ular o`rtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar bo`lsa, o`zlari ogohlantirilgan narsadan yuz o`giruvchilardir. Ahqof 46:3
Tafsir:
Osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni bekorga yaratmadik. Hammasini haq va yetuk hikmat bilan yaratdik. Toki, ulardan ayrimlarini bandalar tanisinlar, bilsinlar va yolgʻiz Allohga ibodat qilib, U Zotga shirk keltirmasinlar. Zamindagi xalifalik vazifalarini faqat Allohga ayon boʻlgan muddatga qadar halol bajarsinlar. Allohga kufr keltirgan kimsalar esa Allohning kitobida kelgan ogohlantirishlardan yuz oʻgiradilar, ularga parvo qilmaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahqof • Oyat 2 Keyingi Ahqof • Oyat 4