Yer yuzida yurib, o`zlaridan avvalgilarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar solmaydilarmi? Alloh ularni vayron qildi-ku! Kofirlarga shunga o`xshash bo`lur. Muhammad 47:10 ⧉
Tafsir:
Anavi haqni yolgʻonga chiqarayotgan kimsalar yer yuzini aylanib yurib, oʻzlaridan oldingi haqni tan olmaganlarning oqibati nima bilan yakun topgani haqida fikr yuritsalar boʻlmasmikan?! Ularning taqdiri fojia bilan tugagan-ku. Alloh ularning uylarini vayron etgan-ku. Oʻzlarini ham, bola-chaqalarini ham, mol-dunyolarini ham barbod aylagan-ku. Hamma zamon va hamma makondagi kofirlarning oqibati mana shunga oʻxshash boʻladi.