Undoq bo`lishligi, albatta, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush ko`rmaganlarga: «Sizlarga ba'zi ishlarda itoat qilurmiz», deyishlari sababidandir. Va holbuki, Alloh sir-asrorlarini bilib turibdi. Muhammad 47:26 ⧉
Tafsir:
Adashib, yoʻldan ozib ketishlariga sabab shuki, ular Paygʻambar alayhissolatu vassalomga nozil boʻlgan Quronni yomon koʻradigan mushriklarga yashirin tarzda: "Urushga bormaslik kabi ayrim ishlarda sizlarga itoat etamiz", dedilar. Alloh ularning oshkora ishlarini ham, yashirin ishlarini ham juda yaxshi biladi. U Zotdan biron narsa yashirin qola olmas. Ulardan Oʻzi istaganini Paygʻambar alayhissolatu vassalomga ham koʻrsatib qoʻyadi.