Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan to`sgan, so`ngra kofir hollarida o`lganlarni Alloh hech-hech mag`firat qilmas. Muhammad 47:34 ⧉
Tafsir:
Allohga kufr keltirgan, oʻzlarini ham, boshqalarni ham Allohning dinidan toʻsgan, keyin tavba qilmasdan, kofir holida oʻlib ketgan kimsalarning gunohlarini Alloh aslo kechirmaydi. Ularni albatta jazolab, doʻzaxga kiritadi va u yerda abadiy qoladilar.