Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Muhammad — Oyat 36 (Oʻzbekcha) — Video

Muhammad • Oyat 38 dan 36 • Oʻzbekcha


إِنَّمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ۚ وَإِنْ تُؤْمِنُوا وَتَتَّقُوا يُؤْتِكُمْ أُجُورَكُمْ وَلَا يَسْأَلْكُمْ أَمْوَالَكُمْ 36
Tarjima:
Albatta, bu dunyo hayoti o`yin va ko`ngil xushidir va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, U zot ajrlaringizni berur va molu dunyolaringizni so`ramas. Muhammad 47:36
Tafsir:
Dunyo hayoti bir nafaslik oʻyin-kulgidan boshqa narsa emas. Aqlli odam oʻtkinchi oʻyin-kulgi bilan andarmon boʻlib, oxiratini esidan chiqarib yubormaydi. Agar Allohga va paygʻambariga iymon keltirib, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilsangizlar, amallaringizning savobini kamaytirmasdan, toʻla qilib beradi. Buning uchun sizlardan mol-davlatingizni soʻramaydi. Sizlardan faqat zimmangizdagi vojib boʻlgan zakotni talab qiladi, xolos.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Muhammad • Oyat 35 Keyingi Muhammad • Oyat 37