U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan so`ng ularning qo`llarini sizdan, sizning qo`lingizni ulardan to`sgan Zotdir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir. Fath 48:24 ⧉
Tafsir:
U shunday Zotki, mushriklarning qoʻllarini sizlardan toʻsdi. Oʻshanda ulardan sakson chogʻli odam Hudaybiyaga sizlarga bir yomonlik qilish uchun kelgandilar. Sizlarning qoʻllaringizni esa ulardan toʻsdi. Ularni oʻldirmadinglar, ularga ozor bermadinglar. Asir olish imkoningiz boʻla turib, hammasini qoʻyib yubordinglar. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turguvchidir. Biron ishingiz U Zotdan maxfiy qolmas.