Agar ularning huzuriga chiqquningcha sabr qilsalar, o`zlari uchun yaxshi bo`lardi. Alloh mag`firat qiluvchi va rahimlidir. Al-Hujurat 49:5 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizni ayollaringizning hujralari ortidan baqirib chaqirayotganlar to oldilariga chiqib borguningizga qadar baqirmasdan, ovozlarini pasaytirib, sabr qilib turganlarida oʻzlariga yaxshi boʻlardi. Shunda sizni ham, oʻzlarini ham hurmat qilgan boʻlardilar. Alloh tavba qilgan bandalarining gunohlarini, nodonliklarini kechiradigan Magʻfiratli va ularga Mehribon Zotdir.