Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hujurat — Oyat 7 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hujurat • Oyat 18 dan 7 • Oʻzbekcha


وَاعْلَمُوا أَنَّ فِيكُمْ رَسُولَ اللَّهِ ۚ لَوْ يُطِيعُكُمْ فِي كَثِيرٍ مِنَ الْأَمْرِ لَعَنِتُّمْ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ حَبَّبَ إِلَيْكُمُ الْإِيمَانَ وَزَيَّنَهُ فِي قُلُوبِكُمْ وَكَرَّهَ إِلَيْكُمُ الْكُفْرَ وَالْفُسُوقَ وَالْعِصْيَانَ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الرَّاشِدُونَ 7
Tarjima:
Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Rasululloh bordir. Agar u ishlardan ko`pida sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor bo`lardingiz. Lekin, Alloh sizlarga iymonni mahbub qildi va uni qalblaringizda ziynatladi va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon ko`rsatdi. Ana o`shalar to`g`rilikda yuruvchilardir. Al-Hujurat 49:7
Tafsir:
Ey moʻminlar, bilinglarki, orangizda Allohning Paygʻambari boʻlib, u zotga vahiy nozil boʻlib turadi. Bas, yolgʻon gapirishdan ehtiyot boʻlinglar. Vahiy nozil boʻlib, yolgʻoninglar fosh boʻlib qolishi mumkin. Sizlarga nima foydaligini Paygʻambar yaxshiroq biladi. Koʻp ishlarda sizlarning takliflaringizga quloq solaversa, qiynalib qolasizlar. Alloh sizlarga qiyin boʻlishini istamaydi. Aksincha, U Zot Oʻz fazlu marhamati ila sizlarga iymonni sevimli qilib qoʻydi va uni qalblaringizga chiroyli, yoqimli qilib koʻrsatdi. Shuning uchun iymon keltirdingizlar. Kufr, itoatsizlik va masiyatni esa sizlarga xunuk, yoqimsiz qilib koʻrsatdi. Mana shu tavsiflarga ega boʻlganlar toʻgʻri yoʻlni tutgan zotlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hujurat • Oyat 6 Keyingi Al-Hujurat • Oyat 8