Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilgani yo`q. Lekin kufr keltirganlar Allohga nisbatan yolg`on to`qirlar. Ularning ko`plari aqlsizdirlar. Al-Ma'idah 5:103 ⧉
Tafsir:
Alloh chorva hayvonlarni halol qildi. Mushriklar bahiyrani, yani, malum miqdorda bola koʻrganidan keyin qulogʻi kesilgan tuyani, soibani, yani, malum yoshga yetganidan keyin sanamlariga atab qoʻyilgan tuyani, vasiylani, yani, urgʻochidan keyin urgʻochi tugʻavergan tuyani, homiyni, yani, pushtidan malum miqdorda boʻtaloq tugʻilgan erkak tuyani oʻzlariga oʻzlari harom qilib olib, ularni Alloh harom qilgan, deya Allohga boʻhton qiladilar. Aslida esa ularni Alloh harom qilmagan. Kofirlarning koʻpchiligi haq bilan botilning, halol bilan haromning farqiga bormaydilar.