Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 117 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 117 • Oʻzbekcha


مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلَّا مَا أَمَرْتَنِي بِهِ أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ ۚ وَكُنْتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَا دُمْتُ فِيهِمْ ۖ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِي كُنْتَ أَنْتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنْتَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ 117
Tarjima:
Men ularga O`zing menga amr qilgan narsa: «Allohga, mening Robbim va sizning Robbingizga ibodat qiling»dan boshqani aytganim yo`q. Va, modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh bo`ldim. Meni O`zingga olganingdan so`ng, Sening O`zing ularga kuzatuvchi bo`lding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan. Moida 5:117
Tafsir:
Iyso alayhissalom Parvardigoriga dedi: "Odamlarga Oʻzing buyurgan gapdan boshqasini aytmadim. Yani, ularni mabudlikda Seni yolgʻiz deb bilishga chaqirdim. Butun hayotlik paytimda ular gapirayotgan gaplarga guvoh boʻlib turdim. Ular orasida turish muddatim bitib, samoga koʻtarilganimdan keyin esa, ey Parvardigorim, ularning ishlarini Oʻzing kuzatib turding. Sen har narsaga Guvohsan. Sendan hech narsa yashirin boʻlolmas. Shunday ekan, mening aytgan gaplarim ham, mendan keyin ularning aytgan gaplari ham Oʻzingga ayon".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 116 Keyingi Moida • Oyat 118