Alloh: «Bu kun, rostgo`ylarga rostgo`yliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy — boqiy bo`lurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi. Ular Allohdan rozi bo`ldi. Bu esa, ulug` yutuqdir», – dedi. Moida 5:119 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo Iyso alayhissalomga dedi: "Bu kun niyati, gapi va amalida sodiq boʻlganlarga sadoqatlari asqotadigan kun. Ularga qasrlari va daraxtlari ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlar boʻlib, unda abadiy qolurlar, hech qachon oʻlmaydilar. Alloh ulardan rozi boʻlib, ularga gʻazab qilmas. Ular ham bunday nematlarga noil boʻlganlari uchun Allohdan rozi boʻlurlar. Bu mukofot va rozilik shu qadar ulugʻ muvaffaqiyatdirki, unga tenglashadigan boshqa muvaffaqiyat yoʻqdir".