Batahqiq, Alloh Bani Isroildan ahdnoma oldi. Ulardan o`n ikkitasini naqib qilib yubordik. Va Alloh: «Albatta, Men sizlar bilanman. Agar namozni qoim qilsangiz, zakotni bersangiz, Payg`ambarlarimga iymon keltirsangiz, ularni qo`llasangiz va Allohga yaxshi qarz bersangiz, albatta, sizning xatolaringizni kechiraman hamda sizni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritaman. Bas, bundan keyin ham sizdan kim kufr keltirsa, batahqiq, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`ladir», dedi.
Al-Ma'idah 5:12 ⧉