Bandalarga rizq qilib. Va u (yomg`ir) bilan o`lgan shaharni tiriltirdik. Shunday bo`ladir (qabrdan) chiqish ham. Qaf 50:11 ⧉
Tafsir:
Bu oʻstirganlarimiz hammasi bandalar uchun rizqdir. Ulardan yeydilar, ozuqalanadilar. Yana u bilan qurib-qaqrab yotgan shaharni yashnatdik, oʻlik yerni tiriltirdik. Oʻliklarni tiriltirishimiz ham xuddi shunga oʻxshaydi.