Va daraxtzor egalari va Tubba' qavmi — barchalari Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlar. Bas, (azob) va'dam haq bo`ldi. Qof 50:14 ⧉
Tafsir:
Daraxtzor egalari boʻlgan Shuayb qavmi va Yaman podshohi boʻlgan Tubba qavmi ham Allohning paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqardilar. Bas, hammalari Alloh vada qilgan azobga haqli tarzda loyiq boʻlib qoldilar.