Balki, ularga o`zlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar. Qaf 50:2 ⧉
Tafsir:
Ularning haqni tan olmasliklariga sabab sizning yolgʻon gapirayotganingizni bilib qolganlari emas. Ular sizning rostgoʻy ekaningizni juda yaxshi biladilar. Buning sababi boshqa yoqda. Ular ogohlantiruvchi paygʻambar farishtalardan emas, oʻzlariga oʻxshagan bir odam boʻlib chiqqanidan ajablandilar. Shundan ajablanishib: "Paygʻambarning oʻzimizga oʻxshagan bir odam boʻlishi juda qiziq-ku", dedilar.