Rohmandan g`oyibona qo`rqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga. Qaf 50:33 ⧉
Tafsir:
Kimlar Allohdan boshqa hech kim koʻrmaydigan joyda ham taqvo qilsalar, Allohga intilib, qayta-qayta tavbalar qilib, sogʻlom qalb bilan yoʻliqsalar, ularga shunday deyiladi: "Jannatga oʻzinglarga yoqmaydigan narsalardan omon holda, tinch, xotirjam kiringlar. Bu kun mangulik kunidir. Unda tugab qolish, yakunlanish, nihoyalanish boʻlmaydi".