U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor. Qof 50:35 ⧉
Tafsir:
Ularga jannatda istagan narsalari muhayyo qilinadi. Bitmas-tuganmas nematlar ichida boʻladilar. Bundan tashqari yana Bizning huzurimizda ularga atalgan koʻz koʻrib quloq eshitmagan, hatto xayolga ham kelmaydigan nematlar ham bor. Allohning Jamolini koʻrish shular jumlasidandir.