Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tug`mas shamolni yubordik. Zoriyot 51:41 ⧉
Tafsir:
Hud qavmi Od qabilasida ham alamli azobdan qoʻrqadiganlar uchun ibrat bor. Oʻshanda ularga yomgʻiri ham boʻlmagan, daraxtni ham urchitmaydigan, biron barakasi ham yoʻq boʻronni yuborgandik.