Yenglar, ichinglar, osh bo`lsin. (Bular) qilgan amallaringiz uchundir. Tur 52:19 ⧉
Tafsir:
Ularga shunday deyiladi: "Dunyoda qilib oʻtgan yaxshi amallaringiz uchun mukofot tarzida yeb-ichaveringlar. Osh boʻlsin. Yeb-ichishingizdan zarracha zarar koʻrmaysizlar".