U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qo`ygan nomlardan o`zga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos. An-Najm 53:23 ⧉
Tafsir:
Bu butlar oʻzlaringiz va ota-bobolaringiz qoʻyib olgan nomlar, xolos. Ularda ilohlikdan asar ham yoʻq. Alloh ular haqida hech qanday hujjat nozil qilmagan. Mushriklar oʻz etiqodlarida faqat gumonga va shayton bezab koʻrsatgan havoyi nafslariga ergashadilar. Holbuki, Parvardigorlari tarafidan Paygʻambar orqali hidoyat kelib turibdi. Ular esa bu hidoyatga ergashmayaptilar.