Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolg`onchi qilgan edi. Bas, bandamizni yolg`onchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi hamda unga to`siqlar qo`yishdi. Qamar 54:9 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi davatingizni yolgʻonga chiqarayotganlardan oldin ham Nuh qavmi bandamiz Nuh alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarib, u bir majnun, degandilar. Unga turli xil tahdidlar, tahqirlar, haqoratlar yogʻdirib, oʻz vazifasini ado etishdan toʻsib qoʻygandilar.