Sizlarga nima bo`ldiki, Allohning yo`lida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar bo`la olmas. Ularning darajalari fathdan so`ng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan ko`ra ulug`dir. Alloh barchaga yaxshilikni va'da qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.
Al-Hadid 57:10 ⧉