Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil bo`lgan haqqa qalblari yumshash, ayni chog`da, oldin kitob berilgan, so`ng muddat o`tishi bilan qalblari qotib qolgan, ko`plari fosiq bo`lganlarga o`xshamaslik vaqti kelmadimi?! Al-Hadid 57:16 ⧉
Tafsir:
Allohga va Rasuliga iymon keltirgan zotlar uchun Allohni eslashdan, Qurondagi vada va vaidlarni tilovat qilishdan qalblari erib ketish hamda oldiniga Tavrot va Injil kitoblari berilib, vaqt oʻtishi bilan esa dillari qotib, koʻplari itoatsiz, fosiq boʻlib ketgan yahudiy va nasroniylarga oʻxshab qolmaslik fursati kelmadimi?