Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hadid — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Hadid • Oyat 29 dan 19 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ أُولَٰئِكَ هُمُ الصِّدِّيقُونَ ۖ وَالشُّهَدَاءُ عِنْدَ رَبِّهِمْ لَهُمْ أَجْرُهُمْ وَنُورُهُمْ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ 19
Tarjima:
Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltirgan kishilar, ana o`shalar, siddiqlardir va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bor. Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolg`onga chiqargan kishilar, ana o`shalar do`zax egalaridir. Hadid 57:19
Tafsir:
Allohga va Uning hamma elchilariga birdek iymon keltirgan zotlar, ana oʻshalar Parvardigorlari huzurida siddiqlar va shahidlardir. Ular uchun maxsus ulugʻ savob-mukofot tayyorlab qoʻyilgan. Ularning oʻz nuri boʻlib, Qiyomat kuni oldilarida va oʻng taraflarida yuradi. Allohga va Uning elchilariga kufr keltirib, elchimizga nozil qilingan oyatlarni yolgʻonga chiqarganlar esa, ana oʻshalar doʻzax egalari boʻlib, Qiyomat kuni unga kiradilar va unda abadiy qolib, hech qachon chiqmaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hadid • Oyat 18 Keyingi Hadid • Oyat 20