Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Mujodala — Oyat 1 (Oʻzbekcha) — Video

Mujodala • Oyat 22 dan 1 • Oʻzbekcha


قَدْ سَمِعَ اللَّهُ قَوْلَ الَّتِي تُجَادِلُكَ فِي زَوْجِهَا وَتَشْتَكِي إِلَى اللَّهِ وَاللَّهُ يَسْمَعُ تَحَاوُرَكُمَا ۚ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ 1
Tarjima:
Albatta, Alloh sen bilan o`z eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning so`zini eshitdi. Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va ko`ruvchidir. Mujodala 58:1
Tafsir:
Ey Paygʻambar, darhaqiqat, Alloh taolo Xavla binti Salabaning soʻzlarini eshitdi. U eri Avs ibn Somitning zihor qilgani haqida Allohga shikoyat qilib, sizga murojaat qildi. Parvardigor sizlarning suhbatingizni eshitdi. Zero, Undan hech narsa maxfiy qolmas. Albatta Alloh bandalarining soʻzlarini Eshituvchi va qilgan ishlarini Koʻruvchi Zotdir. Undan hech narsa yashirin qolmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hadid • Oyat 29 Keyingi Mujodala • Oyat 2