Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Mujadila — Oyat 4 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Mujadila • Oyat 22 dan 4 • Oʻzbekcha


فَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَتَمَاسَّا ۖ فَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَإِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًا ۚ ذَٰلِكَ لِتُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ ۗ وَلِلْكَافِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ 4
Tarjima:
Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qo`shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro`za tutsin. Kim (ro`za tutishga) qodir bo`lmasa, oltmish miskinni to`yg`azsin. Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor. Al-Mujadila 58:4
Tafsir:
Kimki ozod qilishga qul topolmasa, ayoliga yaqinlik qilishdan oldin ikki oy uzluksiz roʻza tutishi kerak boʻladi. Uzluksiz ikki oy roʻza tutishga ham qodir boʻlmasa, oltmishta miskinning qornini toʻydirishi lozim. Biz bu hukmni Allohning buyrugʻi, deb iymon keltirib, bajarishingiz uchun chiqardik. Sizlarga mashru qilingan bu hukmlar Alloh bandalari uchun belgilab qoʻygan chegaralar, qonunlardir. Uni hargiz bosib oʻtmanglar. Allohning hukmlari va qonunlarini inkor qiluvchi kofirlarga alamli azob bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Mujadila • Oyat 3 Keyingi Al-Mujadila • Oyat 5