Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Mujodala — Oyat 6 (Oʻzbekcha) — Video

Mujodala • Oyat 22 dan 6 • Oʻzbekcha


يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ اللَّهُ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُهُمْ بِمَا عَمِلُوا ۚ أَحْصَاهُ اللَّهُ وَنَسُوهُ ۚ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ 6
Tarjima:
Alloh barchalarini qayta tiriltiradigan kunda, qilgan ishlarining xabarini berur. Alloh hisoblab turgan, ular esa unutganlar. Holbuki, Alloh har bir narsaga shohiddir. Mujodala 58:6
Tafsir:
U kunda Alloh taolo hech kimni qoldirmasdan barchani qayta tiriltiradi. Keyin dunyo hayotida qilib oʻtgan qabih amallarini eslatadi, hammasini hisob-kitob qiladi, hech bir amalni oʻtkazib ham yubormaydi, unutib ham qoʻymaydi. Ular nomai amollarida oʻzlari unutib yuborgan katta-kichik barcha gunohlarining bitib qoʻyilganini koʻradilar. Alloh taolo hamma narsadan Xabardordir. Ularning amallaridan biron narsa Undan maxfiy qolmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Mujodala • Oyat 5 Keyingi Mujodala • Oyat 7