Bas, ularning oqibatlari bir — albatta, ikkovlari ham do`zaxda bo`lurlar, u yerda abadiy qolurlar. Va bu zolimlarning jazosidir. Al-Hashr 59:17 ⧉
Tafsir:
Shaytonning oqibati ham, unga itoat etgan insonning oqibati ham Qiyomat kuni doʻzaxga kirish va unda abadiy qolishdir. Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshgan zolimlarning jazosi mana shu.