Allohni unutganlarga o`xshagan bo`lmanglar. U zot ularga o`z shaxslarini unuttirdi. Undoq kishilar fosiqdirlar. Al-Hashr 59:19 ⧉
Tafsir:
Allohni unutib, natijada Alloh ularga oʻzlarini unuttirib, U Zotning buyruqlarini bajarmaydigan va taqiqlaridan tiyilmaydigan hamda U Zotning gʻazabidan, azobidan najot beradigan ishlarni qilmaydigan kimsalarga oʻxshab qolmanglar. Allohni unutib, U Zotning buyruqlarini bajarmaydigan, taqiqlaridan tiyilmaydigan kimsalar Allohga itoatsizlik qiladigan fosiqlardir.