Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 119 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 119 • Oʻzbekcha


وَمَا لَكُمْ أَلَّا تَأْكُلُوا مِمَّا ذُكِرَ اسْمُ اللَّهِ عَلَيْهِ وَقَدْ فَصَّلَ لَكُمْ مَا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ إِلَّا مَا اضْطُرِرْتُمْ إِلَيْهِ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا لَيُضِلُّونَ بِأَهْوَائِهِمْ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِالْمُعْتَدِينَ 119
Tarjima:
Sizga nima bo`ldiki, Allohning nomi aytib so`yilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?! Magar muztar bo`lganingizda, mayli. Albatta, ko`pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir. Al-An'am 6:119
Tafsir:
Ey moʻminlar, sizlarni Allohning nomi aytib soʻyilgan hayvonning goʻshtini yeyishdan nima man qilyapti? Alloh sizlarga nima haromligini bayon qildi-ku! Endi uni tark qilish sizlarga vojib-ku! Faqat zarurat tufayligina uni yeyishingiz mumkin. Chunki zarurat man qilingan narsani ham mubohga aylantiradi. Koʻp mushriklar nodonliklari va buzuqi fikrlari tufayli oʻz tobelarini haqiqatdan uzoqlashtirmoqchi boʻlib, Alloh harom qilgan oʻlimtik kabilarni halolga aylantirib oladilar. Alloh halol qilgan bahiyra, vasiyla va homiy (tuyalarning turlari) kabilarni esa haromga aylantiradilar. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz Allohning hadlaridan oshganlarni juda yaxshi bilguvchidir. Ularni yaqinda jazosini berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 118 Keyingi Al-An'am • Oyat 120