Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 12 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 12 • Oʻzbekcha


قُلْ لِمَنْ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ قُلْ لِلَّهِ ۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفْسِهِ الرَّحْمَةَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنْفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ 12
Tarjima:
«Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» – deb ayt! «Allohniki», deb ayt! U O`ziga O`zi rahmatni yozib qo`ygan. Sizlarni bo`lishida shubha yo`q qiyomat kuni albatta jamlaydir. O`ziga o`zi ziyon keltiruvchilargina, o`shalargina iymon keltirmaslar. An'om 6:12
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Osmonlaru yer va ular orasidagi narsalar kimning mulki?" Ayting: "Hammasi Allohning mulki". U bandalariga boʻlgan fazu inoyati ila Oʻziga rahmatni yozdi . Bas, ularni jazolashni tezlashtirmaydi. Tavba qilmasalar, hammasini Qiyomat kunida toʻplaydi. Bu kunning kelishiga shubha yoʻq. Allohga kufr keltirish bilan oʻzlariga oʻzlari ziyon qilganlar iymon keltirmaydilar va shu bilan oʻzlarini falokatdan qutqara olmay qoladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 11 Keyingi An'om • Oyat 13