Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 121 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 121 • Oʻzbekcha


وَلَا تَأْكُلُوا مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللَّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ ۗ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَىٰ أَوْلِيَائِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ ۖ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ 121
Tarjima:
Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar o`z do`stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan bo`lursizlar. An'om 6:121
Tafsir:
Ey musulmonlar, Allohning nomi aytilmasdan soʻyilgan hayvonning goʻshtini yemanglar. Bunda Allohdan boshqaning nomi aytiladimi, yoʻqmi, farq qilmaydi. Undan tanovul qilish Allohga itoatsizlikdir, masiyatdir. Shaytonlar oshnalarining koʻngliga shubhalar solib, ularni sizlar bilan oʻlimtikni yeyish borasida talashib-tortishishga vasvasa qiladilar. Ey musulmonlar, ularga bosh egib, oʻlimtikni mubohga aylantiradigan boʻlsangizlar, oʻzlaringiz ham xuddi ulardek mushrikka aylanasizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 120 Keyingi An'om • Oyat 122