Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 125 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 125 • Oʻzbekcha


فَمَنْ يُرِدِ اللَّهُ أَنْ يَهْدِيَهُ يَشْرَحْ صَدْرَهُ لِلْإِسْلَامِ ۖ وَمَنْ يُرِدْ أَنْ يُضِلَّهُ يَجْعَلْ صَدْرَهُ ضَيِّقًا حَرَجًا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِي السَّمَاءِ ۚ كَذَٰلِكَ يَجْعَلُ اللَّهُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ 125
Tarjima:
Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi bo`lsa, uning ko`ksini Islomga ochib qo`yadir. Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning ko`ksini xuddi osmonga ko`tarilayotgandek, tor va tang qilib qo`yadir. Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga azobni duchor qilur. An'om 6:125
Tafsir:
Alloh kimga hidoyat berishni istasa, uning qalbini keng qilib, Islomni mamnuniyat bilan qabul qilishga tayyorlab qoʻyadi. Kimga hidoyatni ravo koʻrmasa, uning ichini toraytirib yuboradi va u haqni qabul qila olmasdan xuddi samoga koʻtarilayotgan odamdek nafasi siqiladigan boʻlib qoladi. Alloh adashganlarni shu ahvolga solganidek, iymon keltirmaganlarga azob ham tayyorlab qoʻygandir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 124 Keyingi An'om • Oyat 126