Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 128 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 128 • Oʻzbekcha


وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ قَدِ اسْتَكْثَرْتُمْ مِنَ الْإِنْسِ ۖ وَقَالَ أَوْلِيَاؤُهُمْ مِنَ الْإِنْسِ رَبَّنَا اسْتَمْتَعَ بَعْضُنَا بِبَعْضٍ وَبَلَغْنَا أَجَلَنَا الَّذِي أَجَّلْتَ لَنَا ۚ قَالَ النَّارُ مَثْوَاكُمْ خَالِدِينَ فِيهَا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ 128
Tarjima:
Ularning hammasini to`playdigan kunda: «Ey, jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) ko`paytirvordingiz?!» – der. Ularning insdan bo`lgan do`stlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga belgilagan ajalingga yetib keldik», – derlar. U zot: «Qaytar joyingiz do`zaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», – der. Albatta, Robbing hikmatli va bilimli Zotdir. Al-An'am 6:128
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Alloh insu jinni mahshargohga yigʻib: "Ey jinlar jamoasi, odamlarni juda koʻp yoʻldan urdinglar, Allohning yoʻliga gʻov boʻldinglar", deydi. Shunda jinlarning isonlardan boʻlgan tobelari Parvardigorlariga javob berib: "Parvardigoro, biz bir-birimizdan foydalandik. Jinlar odamlarning ularga itoat etishlaridan foydalangan boʻlsalar, odamlar shahvatlarini qondirishdan naf koʻrdilar. Shu alfozda belgilangan ajalimiz yetib keldi va mana, Qiyomat kunida turibmiz", deganlarida Alloh aytur: «Joyingiz jahannamdir! Unda abadiy qolursiz, faqat Alloh xohlagan muddatda u yerda boʻlmaysizlar. Bu qabrlaridan qayta tirilib, to jahannamga borgunlarigacha boʻlgan muddat. Alloh ularning doʻzaxda abadiy qolishlaridan istisno qilgan muddat mana shudir». Ey Paygʻambar, albatta, Parvardigoringiz Oʻzining har bir taqdiriyu tadbirida hikmat bilan ish qiladigan hamda bandalarini va ulardan qaysilari azobga loyiqligini juda yaxshi biladigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 127 Keyingi Al-An'am • Oyat 129