Biz tushirgan bu kitob muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangizlar. An'om 6:155 ⧉
Tafsir:
Quron Biz nozil qilgan eng barakali kitobdir. Zero, u ham diniy va ham dunyoviy manfaatlarni oʻz ichiga oladi. Unda nozil qilingan hukmlarga ergashingiz. Unga qarshi chiqishdan ehtiyot boʻlingiz. Shoyad, shunda rahm qilinsangizlar.