So`ngra, «Robbimiz Allohga qasamki, mushrik bo`lmagan edik», deyishdan boshqa fitnalari bo`lmas. An'om 6:23 ⧉
Tafsir:
Keyin ularning oʻsha oʻzlari sigʻingan soxta xudolaridan tonishdan boshqa hech qanday uzri qolmaydi va: "Parvardigorimiz Allohga qasamki, biz dunyoda mushriklar boʻlmaganmiz, muvahhid moʻminlar boʻlganmiz", deya yolgʻon soʻzlaydilar.