Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 25 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 25 • Oʻzbekcha


وَمِنْهُمْ مَنْ يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ ۖ وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَنْ يَفْقَهُوهُ وَفِي آذَانِهِمْ وَقْرًا ۚ وَإِنْ يَرَوْا كُلَّ آيَةٍ لَا يُؤْمِنُوا بِهَا ۚ حَتَّىٰ إِذَا جَاءُوكَ يُجَادِلُونَكَ يَقُولُ الَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ هَٰذَا إِلَّا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ 25
Tarjima:
Ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga to`siq qilib qo`ydik. Barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ular iymon keltirmaslar. Hatto, oldingga sen bilan tortishuvga kelganlarida, kufr keltirganlar: «Bu, o`tganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», derlar. Al-An'am 6:25
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Quron oʻqigan paytingizda mushriklardan sizga quloq soladiganlari ham bor. Lekin ular eshitgan oyatlaridan foydalana olmaydilar. Chunki Biz ularning dillarini pardalab qoʻyganmiz. Endi ular sarkashliklari va yuz oʻgirganlari sababli Quronni anglay olmaydilar. Quloqlarini ham ogʻir qilib qoʻydik. Endi ularga foydali gap kirmaydi. Har qancha ochiq hujjatlaru yorqin dalillar boʻlmasin, ular baribir iymon keltirmaydilar. Hatto talashib-tortishish uchun oldingizga kelganlarida ham: "Sen olib kelgan narsa oldingilarning afsonalaridan olingan", deydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 24 Keyingi Al-An'am • Oyat 26