Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 61 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 61 • Oʻzbekcha


وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ ۖ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُمْ حَفَظَةً حَتَّىٰ إِذَا جَاءَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا وَهُمْ لَا يُفَرِّطُونَ 61
Tarjima:
U bandalari ustidan g`olibdir. U ustingizga hafazalarini yuboradir. Qachonki birortangizga o`lim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yo`l qo`ymagan holda uni vafot ettiradir. Al-An'am 6:61
Tafsir:
Alloh bandalari ustidan gʻolibdir, har jihatdan oliydirki, hamma narsa Uning qarshisida xordir, Unga boʻysunadir. Bu yerdagi ustunlik Alloh taoloning buyukligiga loyiq ustunlikdir. Ey odamlar, U Zot sizlarga ulugʻ farishtalarni elchi qilib yuboradi. Ular amallaringizni hisoblab boradilar. To birontangizning ajali yetsa, oʻlim farishtasi va yordamchilari uning jonini hech bir kamchilikka yoʻl qoʻymasdan oladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 60 Keyingi Al-An'am • Oyat 62