Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yo`limda jihod qilib va roziligimni so`rab chiqqan bo`lsangiz, Mening dushmanlarimni va o`zingizning dushmanlaringizni do`st tutmanglar. Sizlar ularga do`stlik qilasizlar, ular bo`lsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz bo`lmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Payg`ambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga do`stlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim o`sha ishni qilsa, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`lur.
Al-Mumtahanah 60:1 ⧉